The Nikkei Asia (Yaponiya) nashri kuni kecha o`tkazilgan referendum haqida shunday yozmoqda:
“Konstitusiyaga kiritilayotgan o`zgartirishlar Markaziy Osiyodagi 35 million aholiga ega bo`lgan (*nashrda shunday berilgan – tahririyat) mamlakatdagi islohotlarning yangi bosqichidir. Bu o`zgarishlar Prezident Shavkat Mirziyoev 2016 yilda hokimiyat tepasiga kelganidan so`ng boshlangan edi. Uning davrida ulkan iqtisodiy islohotlar amalga oshirildi, siyosiy mahbuslar ozod qilindi, o`nlab yillardan buyon davom etib kelayotgan paxta etishtirishdagi majburiy mehnatga barham berildi.
Ommaviy muhokamalarda 60 mingdan ziyod takliflar kelib tushdi. Referendumdan oldin hukumat tomonidan “Konstitusiya meniki, seniki, hammamizniki” shiori ostida juda ko`plab tadbirlar uyushtirildi”.






