2023 yil 30 apreldagi O`zbekiston Respublikasi referendumida qabul qilingan “O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni (Markaziy saylov komissiyasining 2023 yil 1 maydagi 1245-sonli qaroriga asosan 2023 yil 1 maydan e`tiboran kuchga kirgan). Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.
Eslatib o`tamiz, kuni kecha bo`lib o`tgan referendumning yakuniy hisob-kitoblarga ko`ra, 16 million 667 ming 97 kishi ovoz berish jarayonlarida ishtirok etgan va ularning 15 034 608 nafari yoki 90,21 foizi “ha” deb ovoz bergan. 1 558 817 nafar yoki 9,35 foizi qarshi ovoz bergan.
“Siz “O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonunini qabul qilasizmi?” degan savolga "yo`q" javobini belgilagan 9,35 foiz ovoz beruvchilarning 73 ming 672 ta ovozi haqiqiy emas deb topilgan.






