Majlisda Senatning qirqinchi yalpi majlisini joriy yilning 3 may kuni chaqirish to`g`risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Oliy Majlis Senati Axborot xizmati ma`lum qildi.
Qayd etilganidek, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o`tkaziladigan mazkur yalpi majlisda qator qonunlarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Unga ko`ra, "MJtKga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida"gi, "O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag`lari daxlsizligini ta`minlashga qaratilgan qo`shimcha va o`zgartishlar kiritish to`g`risida"gi hamda "MJtKga o`zgartishlar kiritish haqida"gi qonunlar shular jumlasidandir.
Shuningdek, yalpi majlisda "Xalqaro mehnat tashkilotining xodimlarni ish joyidagi havoning ifloslanishi, shovqin va tebranishlar tufayli yuzaga keladigan kasbiy xavf-xatardan himoya qilish to`g`risida"gi 148-sonli Konvensiyasini (Jeneva, 1977 yil 20 iyun) ratifikasiya qilish haqida"gi va "O`zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati o`rtasida fors-major holatlarda davlat aviasiyasi havo kemalari tomonidan havo hududi va aerodromlardan foydalanish sohasida o`zaro hamkorlik to`g`risida"gi Bitimni (Dushanbe, 2021 yil 10 iyun) ratifikasiya qilish haqida"gi qonunlarni ham muhokama qilish ko`zda tutilgan






