Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi hamda Madaniyat va turizm vazirligi tomonudan joriy yilning may oyi barcha tuman (shahar)larda “Teatr oyligi” deb e`lon qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Bundan ko`zlangan maqsad, yoshlarda badiiy va estetik madaniyatni rivojlantrish va o`quvchilarning san`atga bo`lgan qiziqishlarini ruyobga chiqarishdan iboratdir" deyiladi xabarda.
Oylik doirasida Madaniyat va turizm vazirligi tizimidagi 40 ta teatr jamoasi tomonidan maktab o`quvchilari uchun turli mavzularda spektakllar namoyish etiladi. Bundan tashqari chekka hududlar uchun ko`chma teatrlar tashkil qilinadi.
Unga ko`ra o`quvchilar ro`yxati shakllantirilgan holda hafta davomida jadval asosida o`quvchilarga bepul teatr namoyishlari tashkil etiladi.
01.05.2023 17:38
O`zbekistonda may oyida teatrlarda maktab o`quvchilari uchun bepul spektakllar namoyish etiladi






