AsosiyJamiyat

Referendumda uchta uchastkadagi natijalar haqiqiy emas deb topildi

'Referendumda uchta uchastkadagi natijalar haqiqiy emas deb topildi'ning rasmi

30 aprel kuni o`tkazilgan referendumda 8-Sirdaryo viloyati okrugidagi 226-son, 10-Toshkent viloyati okrugidagi 651-son va 14-Toshkent shahar okrugi 772-son referendum uchastkalarida qoidabuzarliklar aniqlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, komissiya a`zosining bir nechta byulletenni o`zi to`ldirayotganligi hamda ular tomonidan byulletenlarni ovoz berish qutisiga tashlash, ovoz berganlar sonini noto`g`ri ko`rsatilganlik kabi xatti-harakatlar mazkur uchastkalardagi ovoz berish natijalarini shubha ostiga qo`yadi.

Shu sababli, “O`zbekiston Respublikasining referendumi to`g`risida”gi Qonunning 38-moddasiga binoan, ovoz berish chog`ida yo`l qo`yilib, oqibat natijada ovoz berish yakunlariga ta`sir qilgan qoidabuzarlik tufayli ovoz berish yakunlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ushbu uchastkalar bo`yicha haqiqiy emas deb topildi.

    Boshqa yangiliklar