AsosiyJamiyat

Namanganda bolalar o`g`risi paydo bo`lgani aytilgan xabarlar rad etildi

'Namanganda bolalar o`g`risi paydo bo`lgani aytilgan xabarlar rad etildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda bolalar o`g`risi paydo bo`lgani aytilgan xabarlar tarqaldi. E`lon qilingan videoda bir erkak va ayol o`zlarini shubhali tarzda tutib, maydonchada o`ynayotgan bolalarni kuzatganini ko`rish mumkin.

Namangan viloyati IIB axborot xizmatining ma`lum qilishicha, video muallifi bolalar o`ynayotgan maydoncha yonida noma`lum kishilar turganini aytgan. Ular bilan muloqotga kirishgach, ushbu shaxslar o`zlaridan qarz olgan bir fuqaroni qidirayotgani ma`lum bo`lgan. Ular pullarni undirish maqsadida Andijondan kelgan.

Video muallifi har ehtimolga qarshi holatni mobil telefoniga tasvirga olgan. Chetdan qaraganda videoda rostdan ham noma`lum shaxslar bolalarni kuzatib turgandek tasavvur uyg`otadi. Biroq huquq-tartibot idoralari xodimlari bunday emasligini aytib, tasdiqlanmagan faktlarga ishonmaslikni va boshqa odamlarning qadr-qimmatini kamsitmaslikni so`ragan.

    Boshqa yangiliklar