AsosiyJamiyat

Toshkentda piyodalar yo`lagidan o`tayotgan ayolni mashina urib yubordi (video)

'Toshkentda piyodalar yo`lagidan o`tayotgan ayolni mashina urib yubordi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda piyodalar o`tish joyida ayolni mashina urib yuborgan video tarqaldi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 13 aprel kuni soat 10.50 larda Yashnobod tumani Mahtumquli ko`chasida 2002 yilda tug`ilgan R.I. boshqaruvida bo`lgan "Lacetti"  rusumli avtomashinasida tartibga solinmagan piyodalar o`tish joyidan yo`lni kesib o`tayotgan piyoda 1976 yilda tug`ilgan U.E. ni urib yuborishi oqibatida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.

YTH natijasida piyoda tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar