AsosiyDunyo

Rossiyada O`zbekiston fuqarosi 10 yoshli qizga jinsiy zo`ravonlik qilgani aytilmoqda

'Rossiyada O`zbekiston fuqarosi 10 yoshli qizga jinsiy zo`ravonlik qilgani aytilmoqda'ning rasmi

Sankt-Peterburgning Kolpinskiy tumanida kichik bolaga nisbatan jinsiy zo`ravonlik qilish holatlari o`rganilmoqda, deya xabar bermoqda mahalliy OAV.

Ma`lum qilinishicha, Metallostroy qishlog`i Shkolnaya ko`chasidagi "Pyaterochka" do`koni hududida noma`lum erkak 10 yoshli qizga nisbatan jinsiy tajovuz qilgani haqida navbatchi bo`linmaga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga etib kelgan otryad jinoyatni sodir etishda gumon qilib, 46 yoshli O`zbekiston Respublikasi fuqarosini qo`lga olgan. Jabrlanuvchining 42 yoshli onasi ko`rsatma bergan. Hozirda gumonlanuvchi vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan, holat yuzasidan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar