"O`zgidromet" joriy hafta uchun ob-havl ma`lumotini e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, bugun O`zbekiston bo`yicha quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat kun davomida Farg`ona vodiysining ayrim tumalarida yomg`ir yog`ishi momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shimol va cho`l hududlarining ayrim joylarida shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayadi. Kunduzi havo harorati 28-33 darajani tashkil etadi.
Ish haftasi davomida Qozog`iston hududlaridan O`zbekistonga nisbatan kuchsiz salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda, buning hisobiga harorat biroz pasayadi. Respublika bo`yicha yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat 4 may kuni respublikaning shimoliy hududlari bo`yicha biroz qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
Seshanba va chorshanba kunlari shimolda va cho`l hududlarda, payshanba va juma kunlari esa respublika bo`yicha shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayadi, shimolda va cho`l hududlarda 4 va 5 may kunlari 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Hafta davomida harorat barqaror bo`lishi kutilmoqda. Kunduzi harorat 25-30 daraja atrofida bo`ladi.






