Qashqadaryo viloyatidan o`tuvchi 4R-87 Qarshi-Ettitom avtomobil yo`lida sodir bo`lgan ikki yo`l-transport hodisasi soqibatida 6 kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qilmoqda
Ma`lum qilinishicha, 10 aprel kuni soat 05:00 larda ushbu yo`ldan harakatlanib ketayotgan Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo`qotgan. Mashina qarama-qarshi tomonga chiqib ketib, o`z yo`nalishida kelayotgan Spark bilan to`qnashgan. YTH natijasida har ikki mashina yonib ketgan va ularning haydovchilari hamda yana ikki nafar yo`lovchi og`ir tan jarohatlari olib, vafot etgan.
Shuningdek, xuddi shu manzilda 23 aprel kuni soat 04:40 larda Lacetti o`zidan oldinda ketayotgan yuk mashinasi orqa tomoniga borib urilib, yonib ketgan. Hodisa oqibatida Lacetti haydovchisi va yo`lovchisi og`ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.






