AsosiyJamiyat

Toshkentda maktab o`quvchilari Amerika kinosiga taqlid qilib "mushtashuv" uyushtirdi

'Toshkentda maktab o`quvchilari Amerika kinosiga taqlid qilib "mushtashuv" uyushtirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumanidagi maktablardan birida o`quvchilarning mushtlashuvi aks etgan video tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirildi.

Ma`lum qilinishicha, mushtlashuv aks etgan bu voqea joriy yilning 15 mart kuni Olmazor tumanidagi 134-maktabning orqa tomonidagi stadionda yuz bergan. Unda Maktabning 8-"B" sinf o`quvchilaridan bir guruhi Amerika kinosiga taqliddan o`zaro "mushtashuv" uyushtirib, tasvirga olganligi aniqlangan.

Shundan so`ng maktab ma`muriyati o`quvchilar hamda ularning ota-onalari bilan muloqot o`tkazgan. 

"O`quvchilar bu xatti-harakatlari uchun kechirim so`ragan. Ularning o`zaro munosabatlari do`stona, darslarda muntazam qatnashib kelmoqda",- deyiladi xabarda.

Hozirda Olmazor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tergov-surishtiruv harakatlari boshlangan.

    Boshqa yangiliklar