AsosiyJamiyat

Toshkentda Spark va Nexia ishtirokida YTH sodir bo`ldi

'Toshkentda Spark va Nexia ishtirokida YTH sodir bo`ldi'ning rasmi

Chilonzor tumanida 2 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Toshkent shahar IIBB YHXB YTH bo`yicha ma`lumot berdi.

Joriy yilning 30 aprel kuni soat 23:00 larda Chilonzor tumani Muqimiy - Bog`iston ko`chalari kesishgan chorrahada 2000 yilda tug`ilgan X.Sh. boshqaruvida bo`lgan «Spark» hamda 1999 yilda tug`ilgan D.A. boshqaruvida bo`lgan «Neksiya» avtomashinalari ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo`q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar