The New York Times gazetasining yozishicha, 29 aprel kuni Florida janubida tornado sabab bo`lgan kuchli bo`ron uylarga zarar etkazgan va avtomobillarni ag`darib yuborgan. Halokatli tornado oqibatida qurbonlar yo`q.
Tornado natijasida binolar vayron bo`lgan, elektr ta`minotida uzilishlar yuz bergan. NOAA bo`ronlarni bashorat qilish markazi ob-havo sharoiti yomonlashgani sababli mintaqa uchun 2-darajali ogohlantirish e`lon qildi.
Janubiy Florida shtatidagi Milliy ob-havo xizmati bugun ham bo`ron, yomg`ir va momaqaldiroqning kuchayishini taxmin qilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda aholi dovul oqibatlarini e`lon qilishmoqda. Video va suratda ag`darilib ketgan mashinalarni, uylarning oynalari singanini va qulagan daraxtlarni ko`rish mumkin.






