AsosiyDunyo

Botkentda O`zbekiston, Qirg`iziston va Tojikiston o`rtasidagi chegara masalasi muhokama qilindi

'Botkentda O`zbekiston, Qirg`iziston va Tojikiston o`rtasidagi chegara masalasi muhokama qilindi'ning rasmi

Hukumat delegasiyalari Qirg`iziston, Tojikiston va O`zbekiston davlat chegaralarining tutashgan joylarini belgilash masalalarini muhokama qildilar. Bu haqda Qirg`iziston Prezidenti ma`muriyatining matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, joriy yilning 25-29 aprel kunlari Botkenda Qirg`iziston, Tojikiston va O`zbekiston hukumat delegasiyalarining uchrashuvi bo`lib o`tgan. Muzokaralar chog`ida tomonlar uch mamlakat davlat chegaralarining tutashuv nuqtasini belgilash masalasi bo`yicha fikr almashgan.

Ta`kidlanishicha, uchrashuv do`stlik va o`zaro hamjihatlik muhitida o`tgan. Natijada tomonlar navbatdagi muzokaralarni Tojikiston hududida o`tkazishga kelishib olgan.

    Boshqa yangiliklar