AsosiyDunyo

Dunyoda yiliga 247 million kishi bezgakka chalinmoqda —JSST

'Dunyoda yiliga 247 million kishi bezgakka chalinmoqda —JSST'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lum qilishicha, dunyoda yiliga o`rtacha 247 million kishiga bezgak tashxisi qo`yilmoqda.

Eng yomoni, mintaqada ushbu infeksiya oqibatida hayotdan ko`z yumayotganlarning 80 foizi — besh yoshgacha bo`lgan bolalar. 

JSST rahbari Tedros Gebreesus qayd etganidek, hozir bezgakka qarshi kurashish vositalari mavjud. Bu boradagi profiliktika, diagnostika va davolash usullari samaradorligi tasdiqlangan.

Xususan, kasallikka qarshi emlanish orqali har yili o`n minglab bolalarning hayotini saqlab qolish mumkin. Qolaversa, infeksiya o`choqlari aniqlangan mamlakatlarga ko`mak berish yo`li bilan epidemiyani jilovlash imkoni bor.

Masalan, 2019 yilda sinovdan muvaffaqiyatli o`tgan bezgakka qarshi birinchi vaksina qariyb 30 yillik izlanishlar natijasida yaratildi.

U kasallikning oldini olishda xavfsiz va samarali ekani isbotlandi. Shundan so`ng mazkur emlash vositasi JSST tomonidan 2021 yilda ommaviy qo`llash uchun tavsiya etildi.

Hisob-kitoblarga ko`ra, hozirgacha Gana, Keniya va Malavida 1,5 million bola tashkilot tomonidan muvofiqlashtirilgan pilot-loyiha asosida birinchi dozada emangan. Ikkinchi dozadagi vaksinasiya dasturi ma`qullanishi bilan emlanuvchi qatlam qamrovi yanada oshadi.

Qolaversa, hozir bezkak tarqatuvchi chivinlarga qarshi kurashda innovasion usullardan foydalanishga kirishilgan.

    Boshqa yangiliklar