AsosiyJamiyat

Andijonda o`qituvchining dars soatlarini o`z tanishlariga o`tkazib bergan “zamdirektor” ishdan olindi

'Andijonda o`qituvchining dars soatlarini o`z tanishlariga o`tkazib bergan “zamdirektor” ishdan olindi'ning rasmi

Andijon viloyati Buloqboshi tumanida o`qituvchining dars soatlarini o`z tanishlariga o`tkazib bergan “zamdirektor” ishdan bo`shatildi. Bu haqda ombudsman axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko`ra, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili nomiga Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro O.Q.dan ish faoliyatida mehnat huquqlarining buzilayotgani bo`yicha murojaat kelib tushgan. 

Ushbu tumandagi maktablardan birida matematika fani o`qituvchisi sifatida faoliyat yuritadigan murojaatchi shu maktabning o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari ish boshlaganidan buyon yig`ilishlarda uni obro`sizlantirishga harakat qilib kelganini aytib o`tgan. Shuningdek, unga bosim o`tkazish orqali dars soatlarini o`z tanishlariga o`tkazib berganini ta`kidlagan. 

Qayd etilishicha, O.Q.ning murojaati nazoratga olinib, viloyat Xalq ta`limi boshqarmasi bilan birgalikda ishchi guruh tuzilgan holda o`rganildi. O`rganish davomida direktor o`rinbosarining ish faoliyatida qator kamchiliklarga yo`l qo`yilgani aniqlanib, murojaatchidan qonunga zid ravishda olingan o`quv soatlari o`ziga qaytarildi. Bugungi kunda maktab direktori o`rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

    Boshqa yangiliklar