AsosiyJamiyat

Toshkentdagi do`kon va sartaroshxonada yong`in chiqdi

'Toshkentdagi do`kon va sartaroshxonada yong`in chiqdi'ning rasmi

20 aprel kuni Toshkent shahri Sergeli tumani “Yangi Sergeli” ko`chasida joylashgan spirtli ichimliklar do`koni va sartaroshhona binolarining ayvon qismida yong`in sodir bo`ldi.

Holat yuzasidan shahar FVB ma`lumot berdi.

Yong`in haqida FVBning Tezkor boshqaruv markaziga soat 22:18 da qo`ng`iroq kelib tushgan. Shunga ko`ra soat 22:21 da 4 ta yong`in-qutqaruv texnikalari zudlik bilan etib borib, soat 22:36 da yong`in to`liq bartaraf etilgan. 

Yong`in natijasida jabrlangan yoki halok bo`lgan fuqarolar yo`q. Ayni vaqtda yong`inning kelib chiqish sababi hamda  keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar