“Barselona” Ispaniya chempionati 7-turida “Selta”ga qarshi maydonga tushib, 3:4 hisobida mag`lubiyatga uchradi va 2005/06 yilgi mavsumdan buyon eng yomon natija qayd etdi. Bu haqda Championat.com xabar bermoqda.
Ayni vaqtda “Barselona” 13 ochko bilan to`rtinchi o`rinda bormoqda. 11 yil muqaddam kataloniyaliklar 7-turdan so`ng 10 ochko jamg`argan edi.
Ta`kidlash kerakki, “Barselona” 2005/06 yilda mavsumni juda yomon boshlasada, yakunda chempion bo`lgan edi.





