AsosiyShou-biznes

Gollivudning yana bir juftligi munosabatlariga yakun yasadi

Gollivud aktyorlari Naomi Uotts va Liv Shrayber alohida alohida yashashga qaror qilishdi, deb yozadi “Lenta.ru”.

47 yoshli Uotts va 48 yoshli Shrayber ular uchun va oilasi uchun eng to`g`ri yo`l ajrashish bo`lganini ma`lum qildi. 

“Yuraklarimizda ulkan muhabbat, hurmat va do`stlik tuyg`ulari bilan biz bolalarni birgalikda o`stirish va munosabatlarimizning yangi bosqichiga o`tishga qaror qildik”,—deydi aktyorlar. 

Naomi va Liv 2005-yilda Nyu-Yorkdagi hayriya balida tanishishgan edi. Aktyorlar rasman nikohdan o`tmagan bo`lsa ham ularning ikki nafar farzandlari bor: 7 yoshli Semyuel va 8 yoshli Aleksandr.

Boshqa yangiliklar