Toshkent shahar yo`lovchi tashish transportida shahrimiz axolisi va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida "Toshshahartransxizmat" AJ metroda foydalanish uchun oylik yo`l chiptalarini qayta joriy qildi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati xabar bermoqda.
2016 yil 1 oktyabr kunidan hozirda amalda bo`lgan oylik yo`l chiptalarining narxi quyidagicha:
- N (nafaqador va nogironlar uchun – avtobus) - 60 000 so`m
- T (talabalar uchun – avtobus) - 60 000 so`m
- O` (o`quvchilar uchun – avtobus) - 60 000 so`m
- AV (umumiy aholi uchun – avtobus) - 120 000 so`m
seriyalariga qo`shimcha ravishda avtobuslar va metroda foydalanish uchun joriy etilgan oylik yo`l chiptalarining narxi esa:
- NM (nafaqador va nogironlar uchun – avtobus va metro) - 83 000 so`m
- TM (talabalar uchun – avtobus va metro) - 83 000 so`m
- O`M (o`quvchilar uchun – avtobus va metro) - 83 000 so`m
- AVM (umumiy aholi uchun – avtobus va metro) - 166 000 so`m
Yangi turdagi oylik yo`l chiptalari 2016 yil 29 sentyabr kunidan sotuvga chiqarildi.





