Nissan avtokonserni xodimlari uzoq davom etadigan navbatlarda tik oyoqda turishni yoqtirmaydiganlar uchun o`zi yuradigan ProPILOT kursilarni ixtiro qildi, deb yozadi “Vesti”.
Innovasion mebel yonidagi joy bo`shaganidan so`ng u erga o`zi harakatlanadi. Endi navbatlarda kursidan turmasdan harakatlanish mumkin. O`zi yuradigan kursilar qanday harakatlanishi haqidagi rolik Nissan`ning YouTube kanalida e`lon qilindi.
2017 yilga kelib ProPILOT kursilari dunyoning yirik shaharlaridagi restoran va qahvaxonalarda qo`llanila boshlaydi.





