Kuchli “Megi” (“Nanyuy”) to`foni chorshanba kuni Xitoyning sharqiy sohillariga yog`ildi, deya xabar beradi Sinxua agentligi.
To`fon Fuszyan provinsiyasidagi Syuanchjou shahriga mahalliy vaqt bilan 4:40 da yog`ildi. Shamolning maksimal tezligi soatiga 118,8 kilometrni tashkil qiladi.
Xitoylik meteorologlar tabiiy ofat o`zining ortidan kuchli yog`ingarchilik va shamol olib kelishini bashorat qilishmoqda. Fuszyan provinsiyasida yog`ingarchiliklar darajasi 400 millimetrga etishi mumkin.
Hukumat uchinchi darajadagi xavf haqida e`lon qilib, Guandun, Fuszyan, Chjeszyan, Szyansi va Xunan provinsiyalariga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish va jabrlanganlarga yordam ko`rsatish uchun qutqaruv guruhini yubordi.
Seshanba kuni kunduzi “Megi” Tayvan oroliga yog`ilgandi. Tabiiy ofat oqibatida to`rt kishi halok bo`ldi, qariyb 270 kishi jabrlandi.





