Amerikalik iqlimshunos Stenford universitetining olimi Karolin Snayder so`nggi ikki million yildagi Erdagi global harorat o`zgarishlarini kuzata turib, uning Selsiy shkalasi bo`yicha 7 darajagacha ko`tarilishidan qochib bo`lmaydi deb topdi. Tadqiqotlar Nature jurnalida chop etildi.
Ushbu grafikni qo`lga kiritish uchun olimlar har ming yillik oralig`idagi 59 okean ostidagi jismlardan olingan 20 mingdan ortiq iqlim rekonstruksiyalaridan foydalanishdi.

Tahlillarning guvohlik berishicha, haroratning global pasayishi tahminan 1,2 million yil avval to`xtagan. Olim iqlimning o`tmishdagi o`zgarish tajribalariga asoslangan holda sayyoramizda karbonat angidrid gazlari konsentrasiyasining saqlanib qolishi yaqin vaqtlarda, geologik o`lchamlar bo`yicha bir necha ming yillikda o`rtacha global haroratni Selsiy shkalasi bo`yicha 3-7 daraja o`sishiga olib kelishi shubhasiz.
Snayderning ta`kidlashicha, o`tkazilgan tadqiqot bugungi kungacha eng batafsil harorat o`zgarishini taqdim qiladi.





