Hindistonning Goa orolida davom etayotgan o`smirlar o`rtasidagi Osiyo chempionati so`nggi yarim final bahsida O`zbekiston va Iroq termalari o`zaro bahs olib borishdi.
Murosasiz va kurashlarga boy kechgan o`yinda iroqliklar 2:0 hisobida zafar quchib, musobaqa yarim finaliga hamda 2017 yili bo`lib o`tadigan 17 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Jahon chempionatiga yo`l oldi.
Afsuski, Temur Olimxo`jaev bosh murabbiyligi ostidagi O`zbekiston U-16 bu vazifani uddalay olmadi va JCh-2017 turniridan quruq qoldi.
O`zbekiston U-16 – Iroq U-16 – 0:2
Gol: Muhammad Davud 7, 79.
Ogohlantirishlar: Oston O`runov 32, Ixtiyor Xoldorov 45, Bahrom Soatov 61, Shuhrat Ne`matov 64.
Chetlatish: Shuhrat Ne`matov, 80.





