Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yomg`ir yog`adi. Qoraqalpog`iston Respublikasida biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 4-9° iliq bo`ladi.
Poytaxtimizda yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6-8° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Tog`li hududlarda qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.
16.02.2023 08:24
Bugun respublika bo`ylab yomg`ir yog`adi - "O`zgidromet"






