Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabariga ko`ra, Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “T.n.” MChJ “Boldir” filiali rahbari Sh.H. 2022 yilning aprel-avgust oylarida “I.A.” MChJga umumiy bahosi 770,5 mln so`mlik 66,5 ming litr dizel yoqilg`isini etkazib berilganligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, o`ziga ishonib topshirilgan juda ko`p miqdordagi mulkini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
16.02.2023 08:11
Surxondaryoda dizel yoqilg`isini talon-toroj qilgan filial rahbari aniqlandi






