Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq, ba`zi joylarda 3-5° iliqgacha bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-4° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qor yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.
19.01.2023 08:45
Bugun yog`ingarchiliksiz tumanli ob-havo bo`lishi kutilmoqda






