AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda kanal muzlashi oqibatida suv toshdi (video)

'Qashqadaryoda kanal muzlashi oqibatida suv toshdi (video)'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog` tumani Samoq mahallasi ichki kanallaridan birida suv toshdi. Bu holat tasvirlangan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

 

Hodisa 17 yanvar kuni tushdan keyin sodir bo`lgan.

Qashqadaryo viloyati FVB xabariga ko`ra, suv toshqiniga aholining o`zboshimchaligi va muzlar sabab bo`lgan.

"Ushbu hudud aholisi o`zboshimchalik bilan Qizildaryodan foydalanishi ya`ni, suv taqsimlagichini ochishi oqibatida qishloqning ichki kanallaridan suv to`lib oqishiga sabab bo`lgan. Qolaversa, muz bo`laklari to`planib, suv yo`nalishini o`zgarishiga olib kelgan", deyiladi xabarda.

FVB suv toshqini oqibatida moddiy va jismoniy jabrlanganlar yo`qligini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar