Jizzax shahrida avtobus bir nechta avtomobillar bilan to`qnashdi. Holat yuzasidan Yo`l harakati xavfsizligi xizmati rasmiy ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea 2023 yil 17 yanvar kuni soat 21:00 larda Jizzax shahar “Mustaqillik shoh” ko`chasida sodir bo`lgan.
Unda “ANKAI” rusumli “Jizzax avtotrans servis” MChJga qarashli yo`lovchi tashuvchi avtobusni yo`lovchilarsiz boshqarib ketayotgan haydovchi A.N. harakat davomida charchoq alomati bo`lib, uxlab qolgan.
Oqibatda rul boshqaruvini yo`qotib “JizzaxPlasTex” korxonasi oldidagi avtomobillarga yoqilg`i quyish shahobchasida o`zi bilan bir yo`nalishda oldinda navbat kutib to`xtab turgan haydovchi Q.A.ga tegishli “Damas”ning orqa qismiga kelib urilgan. Natijada “Damas” avtomobili yo`lning o`ng tomon chetiga chiqib ag`darilib ketgan.
Shuningdek, avtobus haydovchisi harakatini davom ettirib:
2) haydovchi T.K.ga tegishli “Nexia-2” rusumli;
3) haydovchi T.U.ga tegishli “Nexia-2” rusumli;
4) haydovchi Z.Sh.ga tegishli “Cobalt” rusumli;
5) haydovchi X.A.ga tegishli “Nexia-3” rusumli;
6) haydovchi U.S.ga tegishli “Nexia-2” rusumli;
7) haydovchi R.I.ga tegishli bo`lgan “Lacetti” rusumli avtomobillarga, jami 7 ta transport vositalariga to`qnashib YTH sodir etgan.
YTH natijasida “Damas” avtomobili haydovchisi, A.Q.ga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib, ambulator tartibda davolanish uchun yashash manziliga yuborilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Jizzax viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.






