AsosiyJamiyat

Toshkentning ikki tumanida elektr transformatori yonib ketdi

'Toshkentning ikki tumanida elektr transformatori yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 17 yanvar Toshkent shahrining Sergeli tumanida elektr transformator yonib ketdi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma`lumot berdi.

Xabarda aytilishicha soat 17:43 da Sergeli-5 dahasi 25-uy oldida joylashgan TP40-44 raqamli transformatorda yong`in bo`layotganligi haqida FVBning tezkor boshqaruv markaziga xabar kelib tushgan. Shunga ko`ra, voqea joyiga birlamchi yong`in-qutqaruv texnikalari 17:51 da etib borgan hamda 17:58 da yong`in to`liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida transformatorning ichki qismi yonib zararlangan.

Shuningdek, soat 18:44 da poytaxtning Shayxontohur tumani “Jarariq” mavzesidagi elektr transformatorda ham yong`in sodir bo`lgan. 

Voqea joyiga birlamchi yong`in-qutqaruv texnikalari soat 18:55 da etib borgan. Shundan so`ng ma`lum vaqt hudud elektr tarmoqlari xodimlari transformatorning mavjud elektr tizimidan uzganlaridan so`ng soat 19:33 da yong`in to`liq bartaraf etilgan.

    Boshqa yangiliklar