Italiyada 30 yillik qochqindan so`ng eng ko`p qidirilgan jinoyatchi qo`lga olindi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Mafiya boshlig`i Matteo Messina Denaro Sisiliyadagi shifoxonada davolanayotganida ushlangan. Italiya televideniesi xabariga ko`ra, u zudlik bilan maxfiy joyga yuborilgan. Messina Denaro qidiruvga berilganida 30 yoshda edi, hozir u 60 yoshda.
Uning yirik jinoyatlari orasida Sisiliyadagi 1992 yilgi 2 ta portlash, mafiya boshlig`ining o`g`lini o`ldirib, kislotada eritib yuborish kabilar sanalmoqda.






