AsosiyJamiyat

Ozarbayjonning "Azal" aviakompaniyasi Bokudan Urganchga parvozlarni yo`lga qo`yadi

'Ozarbayjonning "Azal" aviakompaniyasi Bokudan Urganchga parvozlarni yo`lga qo`yadi'ning rasmi

Ozarbayjonning "Azal" aviakompaniyasi Urganch va Bokuni to`g`ridan-to`g`ri reyslar bilan bog`laydi. Birinchi muntazam yo`lovchi reysi 2023 yil 28 yanvarga mo`ljallangan. Reyslar Airbus A320 samolyotlarida haftada bir marta — shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 

Xabarda aytilishicha, Urganch shahri Ozarbayjon aviatashuvchisi parvoz qila boshlagan O`zbekistondagi to`rtinchi shahar bo`ladi. Bokudan Toshkentga reyslar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Bokudan Samarqandga — seshanba va payshanba kunlari. Bokudan Farg`onaga — payshanba kunlari.

Ma`lumot uchun, 1992 yilda tashkil etilgan Ozarbayjon Havo Yo`llari (Azal) yirik aviatashuvchi bo`lib, Boeing va Airbus samolyotlarining zamonaviy parkiga ega bo`lgan MDH mamlakatlari aviasiya hamjamiyatidagi etakchilardan biri hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar