AsosiyJamiyat

Surxondaryoda avtobus va Damas to`qnashdi

'Surxondaryoda avtobus va Damas to`qnashdi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida uchta transport vositasi ishtirokidagi yo`l transport hodisasi odam o`limi bilan yakunlandi. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, holat 9 yanvar soat 17:20 larda M-41 Bishkek—Dushanbe—Termiz avtomobil yo`lining 1487-kilometrida sodir bo`lgan. Neksiya-3 haydovchisi mashinani ikkinchi darajali yo`ldan boshqarib kelib, asosiy yo`ldan harakatlanib kelayotgan Damas mashinasini o`tkazib yubormasdan, u bilan to`qnashgan. To`qnashuv zarbidan Damas boshqaruvni yo`qotib, qarama-qarshi yo`nalishdan kelayotgan avtobusga urilgan.

YTH oqibatida Damas avtomobili yo`lovchisi shifoxonada vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar