O`zbekiston bo`ylab kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo tufayli, yolovchi poezdlar harakat havfsizligini ta`minlash va yolovchilarni oz manzillariga etkazish davomida noqulayliklar kelib chiqishini oldini olish maqsadida, 766/765-sonli "Toshkent – Buxoro – Toshkent" yo`nalishidagi “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlari qatnovlari 2023 yilning 13,14,15 yanvar kunlari 3 ta reysga bekor qilinadi. Bu haqda "O`ztemiryo`lyo`lovchi" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yolovchilar o`z manzillariga etib olish maqsadida quyidagi muqobil yolovchi poezdlardan foydalanishlari mumkin:
- 12-sonli "Toshkent – Buhoro" "Sharq";
- 56-sonli "Toshkent – Buhoro – Xiva";
- 58-sonli "Toshkent – Buhoro – Shovot";
- 72-sonli "Toshkent – Buhoro – Olot";
- 125-sonli "Andijon – Toshkent – Buhoro – Xiva";
Xarid qilingan chiptalarni temir yo`l chiptahonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni chipta.railway.uz saytida qaytarishingiz mumkin.
Chipta 100% qiymatda qaytariladi.
"O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ rahbariyati yo`lovchilardan, kelib chiqgan noqulayliklar uchun uzr so`raydi" deyiladi xabarda.






