AsosiyDunyo

Janubiy Koreya o`zining yadro qurolini yaratishi mumkin

'Janubiy Koreya o`zining yadro qurolini yaratishi mumkin'ning rasmi

Janubiy Koreya boshqa davlatlarning yadroviy qurolidan foydalanishi yoki o`zinikini yaratishi mumkin. Mamlakat Prezidenti Yun Sok-Yolga ko`ra, bu Shimoliy Koreya bilan munosabatlar yanada yomonlashgan taqdirda amalga oshiriladi. Bu haqda zamon.uz  yozmoqda. 

Xabar qilinishicha, Yun Sok-Yol Mudofaa vazirligining 2023 yilga mo`ljallangan ish rejalari to`g`risidagi Prezidentga hisoboti chog`ida vazirlikka bu bo`yicha topshiriq bergan.

"Agar shunday vaziyat taqozo qilsa, ilmiy texnologiyalarimiz yordamida biz ko`p vaqt sarflamasdan, tezda yadroviy qurolga ega bo`lamiz", — dedi Prezident.

Shu bilan birga, u ayni damda “real mumkin bo`lgan” variantlarni tanlash muhimligini ta`kidladi. Seul hozir Vashington bilan yadroviy aktivlari masalalarida axborot almashish, birgalikda rejalashtirish va bunday rejalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilayotganini ta`kidladi.

Eslatib o`tamiz, dekabr oyi so`ngida Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In KXDR yadro kuchlarini kuchaytirish, yadro kallaklarini ommaviy ishlab chiqarish, bir zumda qarshi hujumga qodir bo`lgan yangi qit`alararo ballistik raketa tizimini yaratish va tezkor razvedka ishlarini yakunlash zarurligini e`lon qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar