Buyuk shoir Oshiq Veysel YuNESKOning 2023 yilgi xotira dasturiga kiritildi. Ellik yil muqaddam vafot etgan Veysel Turkiyaning oshiqlik an`anasining eng muhim namoyandalaridan biri, mamlakatning milliy boyligi sanaladi. Oshiq Veysel vafotining 50 yilligi Turkiyada va xorijda turli xildagi tadbirlar bilan nishonlanadi.
Onado`li oshig`i, improvizasiya she`riyati va musiqani uyg`unlashtirgan ko`p qirrali san`at arbobi - Onado`lida besh yuz yildan ortiq vaqtdan beri o`rganiladi va Turkiyada madaniy meros va boylikning muhim ifodasi sanaladi. Jahon miqyosidagi xalq shoiri Oshiq Veysel (Shatirog`lu) bu xalq san`atkorlarining eng mashhurlaridan biri bo`lib, uning san`ati o`limidan keyin ham bag`rikenglik, sevgi va vatanparvarlik tuyg`ulari bilan to`ldirilgan sodda she`rlari orqali insoniyat va kelajak avlodning takomillashuvida o`z xissasini qo`shib kelmoqda.
Parijda bo`lib o`tgan 41-Bosh konferensiyada qabul qilingan qaror bilan YuNESKO shoir vafotining 50 yilligi munosabati bilan 2022-2023 yillarda Oshiq Veyselni xotira tadbirlari ro`yxatiga kiritdi. Dastur doirasida Oshiq Veysel yil davomida Turkiyada va xorijda o`tkaziladigan uchrashuvlar, ko`rgazmalar va konsertlar kabi tadbirlar bilan yodga olinadi.
Oshiq Veysel: Oshiqlik an`anasining so`nggi buyuk vakili
1894 yilda Sivasning Sharkishla tumanidagi Sivrialan qishlog`ida tug`ilgan Oshiq Veysel etti yoshida chechak tufayli ikkala ko`zidan ham ayrilgan. U o`n yoshida soz (turk xalq musiqasida qo`llaniladigan cholg`u turi) chalishni boshlagan va 1933 yilda Turkiya bo`ylab ijrochi sifatida sayohat qilgan, ba`zan sozdan ham dars bergan.
Oshiq Veyselning xalq va ziyolilar o`rtasida ko`prik qurgan she`rlari turli mavzularni qamrab olgan. Uning qo`shiqchiligida turk so`fiy shoiri Yunus ta`sirida bo`lgan bo`lsada, Veysel asarlarida so`fiylik izlari border. Veysel, ayniqsa, ishqiy she`rlari jihatidan boshqa bir buyuk turk shoiri Karajao`g`lanning davomchisi sanaladi.
Oshiq Veyselning ilk asari, Respublikaning 10 yilligida Otaturk uchun kuylagan doston edi. 1944 yilda nashr etilgan «Deyishlar» she`riy to`plamining birinchi jildi, so`nggisi esa “Do`stlar beni xatirlasin” (1970) bo`lib, barcha she`rlarini jamlagan. Boshqa she`rlari esa 1949 yilda nashr etilgan “Sazimdan sesler” nomli jildda to`plangan.
Oshiq Veysel hamisha insonlarni va hayotni «quchoqlab», tushunishga, anglash uchun harakat qilgan inson sifatida yodda qoladi. U kelajak avlodlarga tabiatga mehr qo`yish, do`stlik, birlik va hamjihatlik, shuningdek, mehr-oqibat haqidagi bebaho misralarni tuhfa etgan buyuk xalq shoiri sifatida bugun ham yodga olinadi.
Sivasdagi Muzey uyi imkoniyati cheklangan mehmonlarni qabul qiladi
Oshiq Veysel 1973 yil 21 mart kuni o`zi tug`ilgan qishlog`i Sivrialanda vafot etdi. Uning uyi vafotidan keyin muzeyga aylantirilgan va uning mazmuni saqlanib qolingan. 2012 yilda xalqaro loyiha asosida ta`mirlangan muzeyda Veyselning yotog`i va radiosi, shuningdek, shoirning ko`plab kiyimlari va shaxsiy buyumlari namoyish etilgan.
Evropa Ittifoqi, Turkiya madaniyatlararo muloqot va muzeylar grant dasturi, Sivas muzeyi boshqarmasi tomonidan olib borilayotgan Muzeylararo madaniyat ittifoqi loyihasi doirasida yangilangan maydondagi “qorong`i xona”ga ko`zi ojizlar uchun Brayl alifbosida “Uzun inje bir yoldayim” (Men uzoq va tor yo`ldaman) iborasi mavjud. Bu xonada Oshiq Veysel haykali ham o`rnatilgan.
Muzeyda, shuningdek, buyuk shoirning ilgari ko`rilmagan radio va televidenie qaydlari, shuningdek, eshitish qobiliyati past bo`lganlar uchun maxsus tayyorlangan, inglizcha subtitrli hujjatli filmlari ham o`rin olgan.






