Farg`ona tumani Avval qishlog`ida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi oqibatida haydovchi vafot etdi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, 2023 yilning 5 yanvar kuni soat 11:00 larda 2001 yilda tug`ilgan fuqaro R.M boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomobil Oqtepa mahalla hududida 1966 yilda tug`ilgan fuqaro M.R boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomobil bilan to`qnashib ketgan.
Natijada “Damas” rusumli transport vositasi haydovchisi M.R. olgan tan jarohati oqibatida ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Farg`ona tuman IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






