Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Surxon davlat qo`riqxonasi fotoqopqonlari ob`ektiviga bo`rilar galasi muhrlangan videoni e`lon qildi.
Ta`kidlashinicha, bo`rining tashqi ko`rinishi qaysi mintaqada yashayotganligiga bog`liq. Bo`rining kallasi katta, tumshug`i uzunchoq, ko`zlari juda o`tkir. Jungi to`q kulrang va qalin, qorin va oyoq sohalarida biroz qizg`ish bo`ladi.
Asosan Evropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada keng tarqalgan. O`zbekistonning cho`l, dashtlari, o`rmon, to`qay, tog` va tog` etaklarida tarqalgan; qor va muz bilan qoplangan baland tog`larda yashaydi. Bo`ri qoyalar orasiga, to`qaylik va jarliklarga, quruq qamishzorlarga in quradi.
Ma`lumotlarga ko`ra, bo`rilar keng diapazonli ovoz orqali o`zaro muloqot qiladi. Ehtimol, bo`rining eng mashhur xususiyati uning hayratlanarli darajada go`zal uvillashidir. Bu yolg`iz bo`rilar va ularning to`dasi o`rtasida ham, galalar o`rtasida ham asosiy aloqa vositasidir.
Hudud haqida gap ketganda , galalar o`rtasidagi uvillash o`sha bo`rilar galasining hajmi va kuchini aniqlaydi, ko`pincha ob-havoni yoki hujum qilmaslik yoki chekinmaslikni ham anglatadi.






