“O`zgidromet” xabariga ko`ra, dam olish kunlari O`zbekistonga Turkmaniston hududlaridan nam va iliq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Respublikaning katta qismda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, faqat shimoliy va sharqiy hududlarda yog`ingarchilik kutilaydi.
Bugun kunduzi havo 7-12o iliqgacha, ertaga 10-15o iliqgacha isiydi, yakshanba kuni esa yana 7-12o iliq bo`ladi.
Ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Farg`ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab tuman tushishi kuzatiladi.
Respublikaning tog`li hududlarida ushbu kunlarda qor ko`chishi xavfi bor.






