AsosiyJamiyat

Navbatdan tashqari ta`til kunlari uchun ham o`qituvchi va tarbiyachilarga ish haqi to`lanadi

'Navbatdan tashqari ta`til kunlari uchun ham o`qituvchi va tarbiyachilarga ish haqi to`lanadi'ning rasmi

Xabaringiz bor, O`zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo`g`indagi ta`lim muassasalarida qishki ta`til muddati 17 yanvarga qadar uzaytirildi. Shuningdek, bog`chalarga ham navbatdan tashqari ta`til e`lon qilindi. Mazkur, uzaytirilgan va navbatdan tashqari ta`til kunlari davomida ta`lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning ish haqi to`liq to`lanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig`ilish bayoniga asosan, 2023 yil 10-18 yanvar kunlari beriladigan navbatdan tashqari ta`til kunlari davomida ta`lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar, tarbiyachilar, pedagoglar, professor o`qituvchilar va boshqa xodimlar, jumladan, mehnatiga soatbay haq to`lanadigan xodimlarga amaldagi ish haqi to`lovlari saqlangan holda to`lanadi.

 

 

    Boshqa yangiliklar