AsosiyJamiyat

Uchko`prikda “Spark” o`g`risi ushlandi

'Uchko`prikda “Spark” o`g`risi ushlandi'ning rasmi

2023 yilning 03 yanvar kuni R.M Olmurod qishlog`ida joylashgan ziyoratgohi oldida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan J.J.ning “Spark” rusumli avtomashinasini olib qochib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan, deya xabar bermoqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati.

Mazkur holat yuzasidan Uchko`prik tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni R.M sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o`n yil yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Boshqa yangiliklar