AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida ham "DOK-1 MAKS" dastidan 4 bola shifoxonada davolanmoqda

'Toshkent viloyatida ham "DOK-1 MAKS" dastidan 4 bola shifoxonada davolanmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent viloyatida (O`rtasaroyda) "Dok-1 Maks" dori vositasini iste`mol qilgan 2 yoshli bola vafot etdi", degan mazmunda tarqagan xabarlar ortidan Toshkent viloyati Sog`liqni saqlash boshqarmasi rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, hozirgi kungacha Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filialiga "DOK-1 MAKS siropi" iste`moli natijasida zaharlanish belgilari bilan 9 nafar bola olib kelingan. 

Ulardan 5 nafari  sog`ayib, uyiga qaytarilgan, 4 nafarining ahvoli esa barqaror holatda, ularga tegishli standartlar asosida muolajalar davom ettirilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, Toshkent viloyatidagi sog`liqni saqlash muassasalarida  shu paytgacha "DOK-1 MAKS" preparatidan zaharlanish tufayli o`lim holati kuzatilmagan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda  "Dok-1 Maks" dori vositasidan bolalar o`rtasidagi o`lim holatlari aniqlangan edi. Shundan so`ng SSV O`zbekistonda "Dok-1 Maks" dori vositalarini dorixonalardan qaytarib olishni boshladi  va  sirop ishi bo`yicha o`rganish natijalarini e`lon qildi. 

Hozircha, dorining salbiy ta`siri oqibatida vafot etgan bolalar soni 20 nafarga etgan. 

Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan “Quramax medical” MChJ hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186-3 moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi shaxslar DXX Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Ushbu voqealar ortidan Qirg`izistonda ham  “Dok-1 Maks” dori vositalarini sotish taqiqlandi. 30 dekabrdan boshlab esa Hindistonning Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan O`zbekistondagi barcha dori vositalarining savdosi to`xtatildi.

Toshkentda ham o`nlab bola "Dok-1 Maks, Sinepar Kid, Ambronol..." Yana 10 ga yaqin bola Toshkentdagi 16-shifoxonaga yotqizilgani xabar qilindi.

Shuningdek, 2023 yil 2 yanvar kuni Farg`onada 3 yashar bola “Dok-1 Maks” siropini ichishi oqibatida doridan o`tkir zaharlanish tashxisi bilan davolanayotgan bolakayning vafot etgani aytilmoqda. Shuningdek, Sog`liqni saqlash vaziri O`zbekistonda "Quramax" kompaniyasi dorilari savdosini to`xtatish bo`yicha topshiriq berdi.

    Boshqa yangiliklar