Xonobod shahrida joylashgan P/S Fozilmon dan chiquvchi L-Qaxramon 110 kV havo tarmog`ida quyuq tuman tushishi natijasida 86-tayanchda joylashgan izolyatorlar nosoz holatga kelib qolishi oqibatida Jalaquduq, Xo`jaobod va Buloqboshi tumanlarida elektr energiyasi ta`minotida favqulotda uzilishlar kuzatildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati xabar qildi
Qayd etilishicha, hozirda Yuqori kuchlanishli tarmoqlar xizmati xodimlari tomonidan ta`mirlash ishlari olib borilmoqda tez fursat ichida ushbu hududlarning elektr ta`minoti to`liq tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz, deyiladi xabarda.






