AsosiyJamiyat

Marg`ilonda o`qituvchilar o`rtasida mushtlashuv yuz berdi

'Marg`ilonda o`qituvchilar o`rtasida mushtlashuv yuz berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg`ona viloyati, Marg`ilon shahridagi 15-sonli maktabda o`qituvchilar janjallashgani to`g`risida xabar tarqalgan edi. Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati mazkur xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 19 dekabr kuni 15-maktabning 7-sinf o`quvchisi M.O. dars paytida tashqariga chiqib kelish uchun o`qituvchisi R.T. dan ruxsat so`ragan lekin o`qituvchi javob bermagan bo`lsada, ruxsatsiz tashqariga chiqib ketayotgan vaqtida, o`qituvchi R.T.ning “qush uyasida ko`rganini qiladi” degan gapini eshitib, yaqinlari R.U. hamda U.R.larni chaqirib kelgan. Natijasida maktab o`qituvchilari bilan sinf  xonasida o`zaro janjal kelib chiqqan.

"Janjal davomida o`qituvchilar R.T. va   M.U. lar tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilishgan", deyiladi bayonotda.

Qo`shimcha qilinishicha, mazkur holat Marg`ilon shahar IIB tomonidan tegishli tartibda ro`yhatga olinib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar