AsosiyJamiyat

Yo`lovchilarga qo`pollik qilgan 81-sonli avtobus haydovchisi ishdan haydaldi(video)

'Yo`lovchilarga qo`pollik qilgan 81-sonli avtobus haydovchisi ishdan haydaldi(video)'ning rasmi

Joriy yilning 23 dekabr kuni, elektrobusni boshqarib ketayotgan haydovchi yo`lovchilar bilan qo`pol muomalada bo`lgani aks etgan video fuqaro tomonidan suratga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.  

Holat yuzasidan, “Toshshahartransxizmat” tomonidan tezkor surishtiruv ishlari o`tkazilganda, yo`lovchilarga qo`pollik "1-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi, 81-sonli avtobus yo`nalishi haydovchisi B.S tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Yo`lovchiga nisbatan muomala madaniyatiga rioya qilmaganligi va ichki tartib qoidalarini  buzganligi uchun haydovchi B.S bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Shuningdek, barcha haydovchilar bilan yo`lovchilarga xizmat ko`rsatish madaniyatini oshirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, haydovchilar ustidan nazorat kuchaytirildi.

Yuqoridagi kabi holatlar kuzatilgan taqdirda “Toshshahartransxizmat”ning 1062 ishonch raqamiga va info@tashbus.uz orqali murojaat qilish hamda avtobus haydovchisi yoki chiptachisi amalga oshirayotgan qoidabuzarlikni suratga olib avtobus raqami bilan yuborishi so`ralmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar