AsosiyJamiyat

Toshkentda "Lacetti" va "Cobalt" to`qnashishi oqibatida 11 yoshli qizcha vafot etdi

'Toshkentda "Lacetti" va "Cobalt" to`qnashishi oqibatida 11 yoshli qizcha vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 18 dekabr kuni taxminan soat 17.30 larda Cho`ponota ko`chasida 1983 yilda tug`ilgan U.T. boshqaruvidagi davlat raqami 01 T 711 PB bo`lgan "Lacetti" rusumli avtomashina yo`l chetidan orqaga harakatlanayotgan 1960 yilda tug`ilgan M.A. boshqaruvidagi davlat raqami 01 N 300 KB bo`lgan "Cobalt" rusumli avtomashina bilan to`qnashgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

YTH oqibatida "Lacetti" rusumli avtomashina haydovchisi U.T., "Cobalt" rusumli avtomashina haydovchisi M.A. va yo`lovchisi 2011 yilda tug`ilgan M.M. olgan tan jarohatlari natijasida tibbiy muassasaga olib borilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining sa`y-harakatlariga qaramasdan 2011 yilda tug`ilgan M.M. vafot etgan, uning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.  

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar