AsosiyJamiyat

Poytaxtdagi do`konlardan birida chegirma e`lon qilingani sabab yuzlab odamlar to`plandi (video)

'Poytaxtdagi do`konlardan birida chegirma e`lon qilingani sabab yuzlab odamlar to`plandi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi do`konlardan birida aksiya e`lon qilingani ortidan yuzlab odamlar yig`ilgani aks etgan video tarqaldi. 

Shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Ma`lum qilinishicha, tasvirdagi voqea poytaxtning Shayxontohur tumani Qoratosh dahasida sodir bo`lgan. Yangi kiyim do`koni ochilishi munosabati bilan e`lon qilingan aksiya doirasida chegirmali narxlarda xarid qilish istagidagi yuzlab odamlar do`kon atrofiga to`plangan.

Hududda jamoat tartibini saqlash maqsadida ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari jalb qilingan. Vaziyat nazoratga olingani ma`lum qilingan.

    Boshqa yangiliklar