24 dekabrdan 28 dekabrgacha bo`lgan davrda kuzatiladi. Yuqori darajadagi 5 k-indeksi bu eng kuchli geomagnit faollikdir.
Magnitosferadagi beqarorlik 29–31 dekabr kunlari, qolaversa, yangi yilning 3 yanvarida kuzatilishi kutilmoqda.
Shifokorlar magnit bo`ronlariga nisbatan organizmi sezuvchan odamlarga bu kunlari jismoniy zo`riqishlardan tiyilish, uyqu rejimini buzmaslik, toza havoda ko`proq bo`lish, etarli miqdorda suv ichib, meva va sabzavotlar iste`mol qilishni tavsiya qilishmoqda.
Ma`lumot uchun:
Magnit bo`ronlari – bu odatda quyosh faolligi ta`sirida er magnit maydonining keskin o`zgarishi. Magnit bo`ronlari bir vaqtda Er yuzining yirik maydonlarida kuzatiladi va ko`pchilik buni his qiladi. Ayniqsa yurak-qon tomir, asab sohasining surunkali kasalliklariga ega insonlar bu jarayonlarni og`ir o`tkazishadi.






