Turkmaniston sobiq prezidenti, hozirda Xalq Maslahati Milliy Gengesh (Turkmaniston parlamentining yuqori palatasi) rahbari bo`lgan Gurbanguli Berdimuhamedov sharafiga yangi barpo etilyotgan Axal viloyatining yangi ma`muriy markaziga Arqadag` nomi berildi.
Tegishli qaror Milliy Gengesh parlamenti (quyi palatasi) tomonidan “Axal viloyati va mamlakat aholisining xohish-istaklari hamda jamoat tashkilotlarining takliflarini inobatga olgan holda qabul qilindi, deb xabar bergan "Farg`ona" AA.
Xalqaro yilqichilik akademiyasiga Aba Annaev (sobiq davlat rahbarining amakisi), kasb-hunar pedagogik ta`lim muassasasiga esa Berdimuhamed Annaev (sobiq prezidentning bobosi) nomi berilgan.
Arqadag` qurilishi 2019 yil aprel oyida boshlangan. Shahar ikki bosqichda qurilmoqda, birinchi bosqichni dekabr oyida tugallab berish rejalashtirilgan. Rejalarga ko`ra, u "aqlli shahar" bo`lishi kerak. Bu erda elektr avtobuslar va elektromobillarning harakati tashkil etiladi, quyosh panellari va shamol generatorlari o`rnatiladi.
Joriy yilning dekabr oyi boshida Gurbanguli Berdimuhamedov tashqi ishlar vaziriga yangi shaharni Ginnesning rekordlar kitobiga “mintaqadagi eng yirik, noyob va go`zal shahar” sifatida kiritish masalasini hal qilishni topshirgan.






