Qozog`iston sog`liqni saqlash vaziri Azhar Giniyatning so`zlariga ko`ra, mamlakatda cho`chqa grippi tarqalayapti. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, respublikada grippning uch turi, jumladan, ro`yxatga olingan cho`chqa grippi ham tarqalmoqda.
"Qozog`istonda H1N1 cho`chqa grippi qayd etilgan. Adenovirus ham ro`yxatga olingan. Viruslar bir-biri bilan aralashib, miks-infeksiyani hosil qilmoqda. Mamlakatda superinfeksiya ham kuzatilmoqda", — deydi SSV Giniyat.
Vazir mamlakatda koronavirusning «omikron» shtammi ham aylanib yurganini qo`shimcha qilgan.
"Omikronning bir necha turlari mavjud, chunki virus o`zgarishga uchramoqda. U atrof-muhitda ham saqlanib qoladi. Mamlakatimizda esa ‘"erber" varianti tarqalmoqda", — deydi rasmiy.
Giniyatning ta`kidlashicha, grippga qarshi emlanish viruslardan himoyalanishga yordam beradi. Sog`liqni saqlash vazirligi rahbari oktyabrda grippga qarshi emlangan. Bundan tashqari, u hamma joyda niqob taqishga harakat qiladi.






